Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

NOQULAY OB-HAVO TUFAYLI "UZBEKISTAN AIRWAYS" AYRIM REYSLAR VAQTINI SURDI

Noqulay ob-havo tufayli "Uzbekistan Airways" ayrim reyslar vaqtini surdi

Kompaniyaning ma’lum qilishicha,   HY9605 Samarqand – Moskva, HY639  Samarqand – Sankt-Peterburg yo‘nalishidagi reyslari ob-havo sharoiti tufayli soat 15:00 ga qoldirildi.

Shuningdek, Flydubai  aviakompaniyasining Samarqand-Dubay yo‘nalishi bo‘yicha FZ770 reysi esa soat 19:00 ga ko‘chirildi.

Hozirda Samarqand aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagini tozalash ishlari munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish, o‘natish bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan.

 
 
Jan. 10, 2023, 10:36 a.m. |