Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

KADRLAR XIZMATI RAHBARLARINING MALAKASI OSHIRILMOQDA

Kadrlar xizmati rahbarlarining malakasi oshirilmoqda

Samarqand viloyati tuman va shahar hokimliklari Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda  davlat organlarining hududiy tuzilmalaridan Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘limi rahbar va xodimlari uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi. Unda jami 40 nafar mas’ullar ishtirok etishmoqda. 

Ushbu malaka oshirish kurslari 30 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, tinglovchilarning bilim, malaka va ko‘nikmasini rivojlantirishdan iborat. 

Ma’lumot uchun:  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallarida Davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda. Shu kunga qadar Akademiya filialida Buxoro (118 nafar), Navoiy (118 nafar) va Samarqand (201 nafari) viloyatlaridan 437 nafar kadrlar xizmati mas’ullari malaka oshirdi.

 
 
Nov. 6, 2023, 4:26 p.m. |