Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

JAMOAT TRANSPORTLARI BO‘YICHA NAZORAT TADBIRLARI OʻTKAZILDI

Jamoat transportlari bo‘yicha nazorat tadbirlari oʻtkazildi

Samarqand shahrida jamoat transporti xizmat sifatini oshirish, yoʻlovchilarning eʼtiroziga sabab boʻluvchi har qanday salbiy holatlarga barham berish maqsadida navbatdagi nazorat tadbirlari oʻtkazildi. 

Unda elektron toʻlov uchun validatorlarning ishchi holatda ekanligi, qaytimning oʻz vaqtida va toʻliq  qaytarilishi oʻrganildi. Shuningdek, avtobuslarning ichki va tashqi tomondan tozaligi koʻzdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tashuvchi korxona rahbarlari vazifador qilindi.
 

 
 
July 22, 2023, 8:59 a.m. |