Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

HOKIM O‘RINBOSARI XITOYDA O‘TKAZILAYOTGAN XALQARO KO‘RGAZMADA ISHTIROK ETMOQDA

Hokim o‘rinbosari Xitoyda o‘tkazilayotgan xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda

17 -21 avgust kunlari Xitoyning Urumchi shahrida Xitoy-yevroosiyo xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Samarqand shahar hokiming o‘rinbosari Erkin Rajabov ham ishtirok etyapti. 


Ochilish marosimida taklif etilgan yuqori martabali mehmonlar So‘zga chiqib, hamkorlik sohalarini kengaytirish to‘g‘risida fikrlar bildirdi.


Ko‘rgazmada O‘zbekiston hamda osiyo va Yevropa davlatlari mahsulotlari namunalari ko‘rgazmasi ham buldi. O‘zbekiston tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmada Samarqand shahridan SAG, Daka tex, Usimlik shifo nur, safobaxsh, hunarmadchilik "Tolib Bobo xolvalari" mahsulotlar namunalari namoyish etildi.


Tadbirda ishtirokchilar Urimchi shahar markaziy madaniyat tarixida ham bo‘lib, unda buyuk ipak yuli tarixi hamda shahar rivojlanish tarixi va Shinjon avtonom okrugining tarixiy muzeyi bilan tanishildi. Unda Sin madaniyatiga oid topilmalar namoyish etilgan.


Shuningdek, tadbir ishtirokchilari "Rival tech" yirik ishlab chiqarish korxonasida bo‘ldi va u yerda ishlab chiqarilayotgan PVX dan polipropilendan har xil turdagi syelofanlar va mukovalash mahsulotlari bilan tanishdi. Korxona rahbaring o‘rinbosari Ellen Tian xonim bilan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun Samarqand shahrida faoliyatni davom ettirish tavsiyasi berildi. Bundan tashqari Urumchining paxtaning urug‘idan oqsil ishlab chiqaruvchi "Sinlan" kompaniyasi bilan kelishib Samarqandda zavod qurilishi bo‘yicha daslabki kelishuvlar amalga oshirildi.


Shu bilan birga, Urumchi shahar hokimining birinchi o‘rinbosari janob Vu Szun, Urumchi shahar yuqori texnologiyalar industrial zonasining rahbari janob Din Chjiszun va tashqi ishlar bo‘limining rahbari janob Sao Szyanguo bilan Samarqand va Urumchi shahri o‘rtasida kelajakdagi hamkorlik masalalari, istiqboldagi loyihalar xamda madaniy va turizm sohalarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida uchrashuv bulib utdi.


Shundan so‘ng ikki shahar o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatish borasida anglashuv bayonnomasi imzolash marosimi o‘tkazildi. Tadbirlar doirasida Urimchi shahridagi xalqaro quriqlikdagi port faoliyati bilan tanishildi va shahar savdo-sanoat palatasi raisi janob Lan Bin bilan muzokara o‘tkazildi.


Bundan tashqari Shinjon Uygur farmasevtika kompaniyasi janob Ma Venszyun bilan kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar importi masalasida, Sinotruk kompaniyasi o‘rta osiyo bo‘yicha menedjer janob Aleksey bilan yuk tashuvchi avtomobillarni kelajakda Samarqandda yig‘uv zavodini barpo etish loyihasini muhokamasi Xitoy tomoni 4 sentyabrda O‘zbekistonga bo‘ladigan tashrifda yakuniy xulosaga kelishi yuzasidan kelishib olindi. 


Aytish o‘rinliki, Shinjon Uygur dagi "Soyuz bratyev" kompaniyasi bosh direktorining o‘rinbosari Den Li xonim bilan medisina turizmi yunalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasida anglashuv memorandumi tuzildi. REN MINGFENG kompaniyasi hududiy bosh direktorining o‘rinbosari Alisa xonim bilan Samarqanda logistika markazini tashkil etish bo‘yicha daslabki kelishuvga erishildi hamda Xitoy tomon delegatsiyasini Samarkandga yuborib joy masalasini ko‘zdan kechirishga kelishildi. 


Tadbir ishtirokchilari Urumchining tarixiy va diqqatga sazovor joylari - YeMA ekologik va ot maydonida ham bo‘ldi. Bugun esa XINJIANG YOUYIBAO  INTERNATIONAL TRADE CO.LTD. kompaniya rahbari Ilhom Aziz bilan quruq mevalar eksporti va yuk tashuvchi avtomobillar uchun tirkamalar ishlab chiqarish bo‘yicha uchrashuv utkazildi.

 
 
Aug. 21, 2023, 7:46 p.m. |