Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

AYRIM KO‘CHALARDA TRANSPORT VOSITALARINING HARAKATI VAQTINCHA CHEKLANADI

Ayrim ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi

Samarqand shahrida joriy yilning 9-11 iyun kunlari triatlon bo‘yicha “2023-Asian Triathlon Cup Samarkand” xalqaro musobaqasi hamda “Chellenge Samarkand” O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Shu munosabat bilan Samarqand shahar hokimining farmoyishi qabul qilindi. 

Unga ko‘ra, musobaqalarni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish va tadbirlar bo‘lib o‘tadigan (asosiy tadbir 11 iyunda bo‘ladi) kunlari yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida shaharning O‘zbektrakt, Usto Umar Jo‘raqulov, Shabod, Sadriddin Ayniy, Universitet xiyoboni, Registon, Islom Karimov, Zargaron, Dahbed, Shohi Zinda, Ibn Sino, Motrid, M-37 yo‘li va Toshkentrakt ko‘chasida transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan cheklab boriladi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.

 
 
June 8, 2023, 4:33 p.m. |