Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

AHOLI UCHUN ELEKTR NARXI HAM OSHADIMI

Aholi uchun elektr narxi ham oshadimi

Bu savolga energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov javob berdi.
“Hozir e’lon qilingan loyihada faqat yuridik shaxslar uchun yangi tariflar belgilanishi nazarda tutilgan, lekin aholi uchun narxlar o‘zgartirilmayapti.

Aholi uchun tabaqalashtirilgan tariflarni belgilashdan oldin biz eng avvalo uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishni ta’minlashimiz kerak. Ya’ni narx oshsayu, lekin yana elektrda uzilish bo‘laversa, aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘ladi. Shu sababli biz hozirda generatsiyalarni oshirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish ishlarini jadallashtiryapmiz.

Agar uzluksiz elektr yetkazib berishni ta’minlay olsakgina, aholi uchun elektr energiyasida tabaqalashtirilgan tariflarni 2024-yilning 1-mayidan joriy qilish bo‘yicha loyihani Hukumatga kiritishni rejalashtiryapmiz. Lekin bu aynan shu kundan narx oshadi, degani emas, hozircha barchasi loyiha xolos.
 

 
 
Sept. 11, 2023, 2:10 p.m. |