Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AHOLINI RO‘YXATGA OLISH 2023 YILDA AMALGA OSHIRILADI

O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish 2023 yilda amalga oshiriladi

Aholini ro‘yxatga olish shunchaki statistika emas, balki bu mamlakat aholisining ma’lum bir vaqtdagi fotosuratini ko‘rish imkoniyatini beradigan yirik miqyosdagi tadbir hisoblanadi. Ro‘yxatga olish ma’lumotlari aholining soni, tarkibi va taqsimlanishi to‘g‘risida to‘liq tasavvurni uyg‘otadi. Bundan tashqari, milliy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda foydalaniladigan demografik o‘zgarishlarning tendensiyalarini o‘rganishga imkoniyat yaratadi.

Aholini ro‘yxatga olish tadbiri davlat darajasidagi keng ko‘lamli, ko‘p vaqt va katta mablag‘ talab etadigan tadbir bo‘lib, uni o‘tkazish uchun xalqaro talablarga asosan 2-3 yil davomida tayyorgarlik ishlarini olib borish talab etiladi.

Bexato, [30.08.2024 12:05]
Respublikamizda mustaqillik yillarida aholini ro‘yxatga olish tadbiri ilk bor o‘tkazilayotganligini inobatga olib, tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni sifatli o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori qabul qilindi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish
2023 yil 1-25 noyabr kunlari amalga oshirilishi belgilandi.

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning tashkiliy va uslubiy tamoyillarini, aholini ro‘yxatga olish dasturi va savolnomalarini, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlaridagi mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida ishlab chiqildi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom;

O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish Dasturi;

O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari;

Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom;

O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda natijalarini e’lon qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”.

Shuningdek, qarorda aholini ro‘yxatga olish jarayonlarining ishtirokchilari, jumladan, 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalar, Davlat statistika qo‘mitasi
va uning hududiy organlari, mutasaddi vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklarning vazifalari belgilandi. 

Aholini ro‘yxatga olishga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2021 yil 1-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi. Bunda aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish jarayonlari, ro‘yxatga olish usullari, dasturi, savolnomalari, uslubiy qo‘llanmalari va me’yoriy-huquqiy hujjatlari amaliy sinovdan o‘tkaziladi. Sinov natijalaridan kelib chiqib, aniqlanadigan xato va kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.

Shuningdek qarorda, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlarida ro‘yxatga oluvchilarni tanlash va o‘qitish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Chunki ma’lumotlarning to‘g‘riligi bevosita ularning malaka va amaliy ko‘nikmalariga bog‘liqdir. Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan joylarda ro‘yxatga oluvchi xodimlarni o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini xalqaro talablarga mos
va sifatli o‘tkazish uchun kartografik materiallarning aniqligi
muhim hisoblanadi. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda aholini ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan miqdorda kartografik materiallar (shahar va qishloq aholi punktlarining sxematik rejalari va xaritalari) bilan ta’minlash vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga kadastr
va mahalla organlari bilan birgalikda aholi punktlari va ko‘chalar nom belgilarini o‘rnatish, xonadon va uylarni to‘liq raqamlash ishlarini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlariga aholini ro‘yxatga olish ishlariga jalb etiladigan xodimlar xavfsizligini ta’minlash vazifasi

Bexato, [30.08.2024 12:05]
topshirildi.

Bexato, [30.08.2024 12:05]
Qaror bilan, ro‘yxatga olishning eng muhim qismi, ya’ni shaxsga doir ma’lumotlarning yig‘ish tartibi ham belgilandi. Unga ko‘ra ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda, ya’ni qog‘oz shaklida uyma-uy yurgan holda ro‘yxatga olish va internet jahon axborot tarmog‘i orqali respondentlarning (aholi) o‘zlari tomonidan to‘ldirish orqali amalga oshiriladi.

Birinchi usulda, mahallalarda ro‘yxatga olish, instruktorlik va hisob uchastkalari tashkil etilib, ro‘yxatga olish ishlari ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan respondentlar yashaydigan turar joy va noturar joylarga, binolarga tashrif buyurgan holda uyma-uy yurib so‘rov o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. So‘rovnomalar ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan respondentlarning so‘zlari asosida to‘ldiriladi.

Aholini ro‘yxatga olish ishlari quyidagi besh xil shakldagi so‘rovnomalar asosida o‘tkaziladi.  

1-shakl. “Turar joyning xususiyatlari va unda yashovchilar ro‘yxati”;

2-shakl. “Shaxsga oid savolnoma”;

3-shakl. “O‘zbekiston Respublikasiga vaqtincha kelgan chet el fuqarolari uchun savolnoma”;

4-shakl. “Aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha savolnoma”;

5-shakl. “Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun nazorat varaqasi”.

Yashab turgan xonadonida ro‘yxatdan o‘tishni istamagan respondentlar uchun ro‘yxatga olish so‘rovnomalarini to‘ldirish, ularning o‘zlari yashab turgan mahallalarda tashkil etiladigan instruktorlik uchastkalarida amalga oshiriladi.

Ikkinchi usulda, respondentlarga qulaylik yaratish maqsadida internet jahon axborot tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati ham yaratiladi. Bunda respondentlarning o‘zlari tomonidan so‘rovnomalar maxsus dastur orqali to‘ldirilib, jo‘natiladi.  

Respondentlar tomonidan taqdim etilgan shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi va ularning mazmuni oshkor etilmasligi ro‘yxatga oluvchi tomonidan kafolatlanadi.

Ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan tayyorlangan yig‘ma ro‘yxatlar natijalari asosida shahar va qishloqlar shu jumladan, erkaklar va ayollar bo‘yicha aholi soni to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar 2024 yil 1 martga qadar tayyorlanadi.

Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlari hududiy statistika boshqarmalari huzurida tashkil etiladigan markazlarda maxsus dasturiy ta’minot asosida 2024 yil 1 yanvardan 31 dekabrga qadar operatorlar tomonidan elektron bazaga kiritiladi.

Aholini ro‘yxatga olishning elektron ma’lumotlar bazasi 2025 yil
1 dekabrgacha tahlil etiladi va yakuniy ma’lumotlar respublika va hududlar bo‘yicha shakllantirilib, rasman e’lon qilinadi.

Respublika aholisi va uning farovonligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar, uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim poydevor hisoblanadi.

J. Ulashev,  Samarqand shahar statistika bo‘limi boshlig‘i.

 
 
7 июля 2022 г. 17:20 |