Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

YURTIMIZ MUSTAQILLIGINING 34 YILLIGIGA BAG‘ISHLAB O‘TKAZILAYOTGAN HOKIM KUBOGI SPORT MUSOBAQALARI DOIRASIDA IMKONIYATI CHEKLANGAN YOSHLAR O‘RTASIDA PARAYENGILATLETIKA BO‘YICHA BAHSLAR BO‘LIB O‘TDI.

Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan Hokim kubogi sport musobaqalari doirasida imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida Parayengilatletika bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvlar Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etildi.

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida o‘tayotgan musobaqalarda 2008–2016-yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘z mahoratlarini namoyish etishmoqda.Yosh paraatletlar yugurish, disk uloqtirish,nayza otish va uzunlikka sakrash yo‘nalishlarida kuch sinashmoqda.

Musobaqalarning dastlabki kunlarida qatnashchilar yuksak g‘ayrat va irodani namoyon etishdi. G‘olib va sovrindorlarga hokimlik tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Parayengilatletika bo‘yicha bahslar Hokim kubogining eng muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, yoshlarni sportga jalb etish,ularning salohiyatini yuzaga chiqarish va imkoniyati cheklangan sportchilarga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida o‘tkazilmoqda.

 
 
9 сентября 2025 г. 14:04 |