YOSHLAR YETAKCHILARINING FAOLIYATI MUHOKAMA ETILDI
Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov va sektor rahbarlari boshchiligida mahallalardagi Yoshlar yetakchilarining ishtirokida o‘tgan uchrashuvda ularning faoliyati tanqidiy muhokama etildi.
Dastlab Mamlakatimizda mutlaq yangi institut bo‘lgan Yoshlar yetakchilari lavozimi joriy qilinganidan so‘nggi shahar mahallalaridagi ijobiy o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.
Shuningdek, tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda shahar asosiy reja ko‘rsatkichlarining bajarilish holatiga to‘xtalinib, mas’ullarning hisoboti eshitildi. Belgilangan rejani to‘liq bajargan Yoshlar boshining samarali mehnati e’tirof etilib, faoliyati davomida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan yoshlar yetakchilariga ogohlantirish berildi.
Shu bilan birga, o‘tgan davr davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish kerakligiga to‘xtalindi va kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.