YOSHLAR QALBIDA VATANPARVARLIK TUYG‘USINI KUCHAYTIRISHDA SPORTCHI MURABBIYLARIMIZ VA HARBIYLARIMIZ HAM FAOL BO‘LISHLARI ZARURLIGI TA’KIDLANDI.
Bugun zamonning o‘zi har birimizdan ona yurt himoyachisi, vatanparvar bo‘lishni talab etmoqda.
Bunda ayniqsa mard va jasur serjant va ofiserlar, harbiy chaqiriqqa tayyorlash fani o‘qituvchilari o‘rnak bo‘lishlari kerak.
Hozir maktablarda qariyb 10 ming nafar ana shunday o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Afsuski, ularning aksariyatida harbiy sohadagi zamonaviy bilim va ko‘nikmalar, ular uchun ish sharoiti talab darajasida emasligi qayd etildi.
Endi mana shu o‘qituvchilar Mudofaa vaziri tomonidan zaxiradagi harbiy xizmatchilar tarkibi orasidan tayinlanishi belgilandi.
30 сентября 2024 г. 15:08 |