YIG‘ILISHDA FOYDALANISHGA TOPSHIRILGAN UYLAR BO‘YICHA HAM E’TIROZLAR KO‘PLIGI KO‘RSATIB O‘TILDI.
Oxirgi ikki yilda uy-joy qurilishi bo‘yicha 5,5 mingdan ziyod qoidabuzarlik aniqlangan. Xususan, 88 ta holatda pudratchilar loyihaga zid ravishda uylarga ortiqcha 1-2 qavat qo‘shib qurgan. Yoki foydalanishga qabul qilingan 74 ta ko‘p qavatli uylarda qurilish sifati bo‘yicha jiddiy kamchiliklar aniqlangan.
Shu ma’noda, pudratchilarning qurilish madaniyatini tubdan oshirish zarurligi qayd etildi.
Hozir pudratchilar qurilishni boshlash uchun hujjatlarni kamida 5 bosqichda kelishishi kerak. Bunga 2 oygacha vaqt ketayapti. Bu jarayonlar soddalashtirilishi e’lon qilindi.
Quruvchilar “Shaffof qurilish” platformasi orqali tayyor loyihani idoralar bilan onlayn kelishadi. Ular kamchilik ko‘rsatsa, bartaraf qiladi.
Qurilish loyihaga mos bajarilishini Davlat arxitektura-qurilishi nazorati inspeksiyasi tekshiradi va bitganidan keyin xulosa beradi. Ob’yektni foydalanishga topshirishda faqat 2 ta idora – DAQN va yong‘in xavfsizligidan xulosa olinadi. Zarur bo‘lsa, boshqa sohadagi mutaxassislarni inspeksiyaning o‘zi jalb qiladi.
Yangiliklar
23 января 2025 г.
23 января 2025 г.
22 января 2025 г.
22 января 2025 г.