Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

YETTBNING “YASHIL SHAHARLAR” DASTURI DOIRASIDA SAMARQAND SHAHRIDA ELEKTROBUSLAR HARAKATINI YO‘LGA QO‘YISH BORASIDA XABAR BERIB BORYAPMIZ.

YeTTBning “Yashil shaharlar” dasturi doirasida Samarqand shahrida elektrobuslar harakatini yo‘lga qo‘yish borasida xabar berib boryapmiz.

 

Mazkur loyiha doirasida bugunga qadar 26 ta elektrobus Samarqand shahriga olib kelindi. Shundan 6 tasi M1-sonli “Temiryo‘l ABB-Samarqand xalqaro aeroporti” yo‘nalishida aholi xizmatiga chiqarilgan.

Bugun Samarqand viloyati transport boshqarmasida yangi olib kelinayotgan elektrobuslarni yo‘nalishlarga joylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot bo‘lib o‘tdi. 

Unda boshqarma boshlig‘i R.Tojiyev hamda Samarqand shahar hokimi F.Umarov elektrobuslarni rasmiylashtirish ishlarini tezlashtirish hamda loyiha doirasida tanlab olingan yo‘nalishlarga tez kunlarda aholi xizmatiga chiqarish yuzasidan fikr almashdi.

Bu turdagi avtobuslar sonini 100 taga yetkazish rejalashtirilgan.

 
 
7 ноября 2024 г. 18:51 |