XALQARO MUSOBAQA MUNOSABATI BILAN AYRIM JOYLARDA TRANSPORT VOSITALARINING HARAKATI VAQTINCHA CHEKLANADI

Samarqand shahrida joriy yilning 23-24-avgust kunlari triatlon bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan tadbirlarni yuqori kayfiyatda o‘tkazish va joylarda jamoat tartibini saqlash maqsadida 24-avgust kuni soat 06:00 dan soat 13:00 ga qadar quyidagi manzillarda transport vositalarining harakati cheklanadi.
📌 Yopiladigan asosiy ko‘chalar:
– Dahbed ko‘chasi (Motrid, Xo‘jag‘unjoyish, Xumo, Ma’rifat mahallalari hududi);
– Ibn Sino ko‘chasi (Oqsaroy, Ibn Sino mahallalari hududi);
– Rudakiy ko‘chasi (Istiqbol, Yangi Xayrobod, Afrosiyob, Imom Vose mahallalari hududi);
– Toshkent ko‘chasi (Muborak mahallasi hududi);
– Registon ko‘chasi (Registon mahallasi hududi);
– Universitet xiyoboni (Guri Amir, Alisher Navoiy, Hamid Olimjon mahallalari hududi);
– Namozgoh ko‘chasi (Furqat, Namozgoh, Hoja Ahrori Vali mahallalari hududi);
– Termiz ko‘chasi (Chashma, Qo‘shchinor mahallalari hududi);
– Sadriddin Ayniy ko‘chasi (Sadriddin Ayniy, Halifa Ibrohim, Gʻofur Gʻulom, Charmgari, Bog‘i Feruza mahallalari hududi);
– Shabbod ko‘chasi (Abdurahmon Jomiy, Kaftarxona, Ogahiy, Ibn Sino mahallalari hududi);
– O‘zbek trakt ko‘chasi (Rasadxona mahallasi hududi);
– Usto Umar Jo‘raqulov ko‘chasi (Qo‘shtamg‘ali, Qoziariq, Juysoy, Sharq tongi, Davlatshoh Samarqandiy mahallalari hududi);
– Zarafshon ko‘chasi (O‘zbekkenti mahallasi hududi);
📌 Musobaqa masofalari:
🏊♂️1,9 kilometr suzish;
🚴♂️ 87 kilometr velosiped;
🏃♂️21,5 kilometr yugurish;
📌 Yo‘llar yopilishi bois haydovchi va piyodalarni vaqtinchalik noqulaylik yuzaga kelishi va harakatda ehtiyotkor bo‘lishga chaqiramiz.
Tadbir bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar hokimlik sahifalari orqali berib boriladi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.