XALQ DEPUTATLARI SHAHAR KENGASHINING O‘N YETTINCHI SESSIYASI

22-iyul kuni Xalq deputatlari shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyaga Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi F. Ochilov rahbarlik qildi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar deputatlar tomonidan tasdiqlangach, birinchi masala yuzasidan shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A. Sulaymonovning joriy yil birinchi yarmidagi faoliyati, shahar adliya bo‘limi boshlig‘i A. Komilovning amaldagi yilning yanvar—iyun oylari mobaynida davlat organlari, tashkilotlarda norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holatini o‘rganish yuzasidan olib borilgan ishlar haqidagi, shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari R. To‘raqulovning 2025-yil olti oy mobaynida shahar mahalliy budjetining ijrosi bilan bog‘liq hisobotlari eshitildi.
Bundan tashqari, Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi boshlig‘i K. Gʻapporov yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha 2025-yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi shahar bo‘limi boshlig‘i J. Qodirov mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi shaharda qanday amalga oshirilayotgani haqida, “Maroqand obod” unitar korxonasi direktori o‘rinbosari A. Narziqulov 2025-yilning birinchi yarmi yakuni bilan shaharda sanitar-epidemiologik holat, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish hamda debitor qarzdorliklarni undirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘z hisobotlarini bayon etishdi.
Sessiyada Xalq deputatlari shahar Kengashi va Kengash doimiy komissiyalarining 2025-yil ikkinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlandi. Deputatlar shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi masalani ham ko‘rib chiqdilar.
Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Shu bilan Xalq deputatlari shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi o‘z ishini yakunladi.
Yangiliklar
24 июля 2025 г.
24 июля 2025 г.
24 июля 2025 г.
23 июля 2025 г.
23 июля 2025 г.
23 июля 2025 г.