VENGRIYA BILAN HAMKORLIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANADI
Samarqand shahrida mehmon bo‘lib turgan Vengriya Bosh vaziri administrasiyasining iqtisodiy va strategiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Szoboszlai Zoltan va "Polyus" kompaniyasining bosh direktori Horvath Laszlo shahar hokimi Fazliddin Umarov hamda viloyat hokimi o‘rinbosari O. Mirzabekov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Samarqand shahrida kelgusida shaharda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, quyosh elektr stansiyalar qurish hamda quyosh panellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasida muzokaralar olib borildi.
Muzokarada Vengriyaning bu sohada katta tajribaga ega mutaxassislari va yirik korxonalari Samarqandga o‘rganish va loyihalarni amalga oshirish uchun yuborilishiga kelishib olindi.
6 февраля 2023 г. 11:54 |