Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SHIRIN LOYIHASI BO‘YICHA ERONNING YIRIK QURILISH KOMPANIYASI BILAN MEMORANDUM IMZOLANDI

Shirin loyihasi bo‘yicha Eronning yirik qurilish kompaniyasi bilan memorandum imzolandi

2025 yil 28 apreldan 2 mayga qadar Tehron shahrida bo‘lib o‘tgan “IranExpo-2025” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Samarqand viloyati delegatsiyasi, jumladan, Shirin direksiyasi vakillari faol ishtirok etdi.

Ko‘rgazma doirasida Samarqand viloyatida qurilishi rejalashtirilgan Shirin shaharchasi loyihasi taqdimoti amalga oshirildi. Taqdimot davomida loyihaning hududiy rejalashtirish, zamonaviy muhandislik infratuzilmasi, ekologik yondashuv va investisiyaviy jozibadorligi xususida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ko‘rgazma doirasida delegatsiya a’zolari tomonidan qator xalqaro qurilish kompaniyalari va investisiya tuzilmalari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Muzokaralar davomida xorijiy hamkorlar bilan loyiha doirasida qo‘shma faoliyat, texnologiyalar almashinuvi va strategik hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Ko‘rgazma natijasi o‘laroq, Shirin direksiyasi va Eron Islom Respublikasining Tehron shahrida joylashgan yirik qurilish kompaniyasi — “Anbuhsozon” o‘rtasida o‘zaro hamkorlikka oid anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum doirasida “Anbuhsozon” kompaniyasi vakillarining yaqin kunlarda Samarqand viloyatiga tashrifi hamda Shirin shaharchasi loyihasi bilan yaqindan tanishishi rejalashtirilgan.

Mazkur tashabbuslar Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish va shaharsozlik islohotlarining xalqaro miqyosdagi mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

 
 
12 мая 2025 г. 12:48 |