SAMARQANDGA “HAMDO‘STLIK MADANIYAT POYTAXTI” MAQOMI BERILDI
10-14 sentyabr kunlari Bishkek shahrida MDH Ijodiy va ilmiy ziyolilari forumi hamda mazkur forum doirasida MDH Davlat axborot agentliklari rahbarlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
MDH Ijodiy va ilmiy ziyolilari forumi yig‘ilishlarida 2024 yilda Samarqand shahriga “Hamdo‘stlik Madaniyat poytaxti”, Toshkent shahriga “Hamdo‘stlik Yoshlar poytaxti” maqomi berildi.
Shu bilan birga, forum doirasida “Samarqand – Hamdo‘stlik madaniyat poytaxti” nomli taqdimot bo‘lib o‘tdi. Taqdimotni viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov o‘tkazdi.
Aslida Vatanimizning ushbu qo‘hna shaharlariga bunday yuksak maqomning berilishi madaniy-ma’rifiy sohadagi yangilanishlar, yoshlarga ko‘rsatilayotgan ulkan e’tiborning xalqaro miqyosdagi o‘ziga xos e’tirofi, deyish mumkin.