SAMARQAND VILOYATIDA RAHBAR KADRLAR UCHUN 4 KUN DAVOM ETGAN O‘QUV-AMALIY SEMINAR O‘Z YAKUNIGA YETDI.
Tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
O‘quv-amaliy seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeyovning 2024 yil 18-20 noyabr kunlari Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasida so‘zlagan nutqlarida ijro hokimiyati organlari rahbar kadrlari oldida turgan vazifarlarning mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirishdan iborat bo‘ldi.
O‘quv-amaliy seminarda ishtirokchilarga Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, oliy ta’lim muassasalarining malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan sohaviy yo‘nalishlarda ma’ruzalar qilindi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savolllarga javob oldilar, seminar davomida fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi.
O‘quv-amaliy seminar yakunida test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi