Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SAMARQAND VA NARA SHAHARLARI RAHBARLARI ONLAYN MULOQOT QILDI

Samarqand va Nara shaharlari rahbarlari onlayn muloqot qildi

 

Samarqand shahri hokimi Fazliddin Umarov, Nara shahri meri Gen Nakagawa hamda O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor Elchisi Mukhsinkhuja Abdurakhmonov ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda Samarqand va Nara shaharlari o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, turizm, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar 2027 yilda Nara shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan arxeologik ko‘rgazmaga tayyorgarlik ishlariga alohida e’tibor qaratdilar. Qayd etilganidek, ushbu loyiha ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va tarixiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, Nara shahridagi yangi bog‘lardan biriga “Samarqand” nomi berilgani yuqori baholandi. Uchrashuv yakunida shaharlararo munosabatlarni aniq amaliy loyihalar bilan boyitish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Muloqot yakunida Nara shahar meri Samarqand shahar rahbari boshchiligidagi delegatsiyani Yapaniyaga taklif qildi.

 
 
26 февраля 2026 г. 8:41 |