“SAMARQAND SUV TA’MINOTI” SHAHAR FILIALIGA YANGI RAHBAR TAYINLANDI
Samarqand shahar hokimligi majlislar zalida “Samarqand suv ta’minoti ” AJ Samarqand shahar filialining yangi rahbari tanishtirildi.
“Samarqand suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati direktorining tegishli buyrug‘iga asosan, Ollanov Ulug‘bek Sirlibayevich “Samarqand suv ta’minoti ” AJ Samarqand shahar filiali bo‘limi rahbari lavozimiga tayinlandi.
U.Ollanov tayinlovga qadar Payariq tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
12 марта 2024 г. 14:02 |