SAMARQAND SHAHRIGA XITOY XALQ RESPUBLIKASINING QASHQAR PROVINSIYASI SIYOSIY MASLAHAT KENGASHI, SAVDO-SANOAT PALATASI RAISI BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA TASHRIF BUYURDI.
Mehmonlar Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi boshligi B.Sanaqulov hamda shahar hokimining o‘rinbosari E.Rajabov va viloyatda faoliyat yuritayotgan 20 ga yaqin sohaga doir tadirkorlik subyektlari bilan uchrashdi.
Unda elektron savdo, logistika ombori, mineral konlar va tog' yo'llarini portlatish xizmatlari, yo'l qurilishi, tibbiyot asbob uskunalari, dori darmon ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotib olish (ho'l va quruq mevalar, dukkaklik o'simliklar, un, yog', paxta mahsulotlari) yangi quvvatda ishlovchi avtomobillar, go'sht mahsulotlari, ranglik metallurgiya va turizm sohalarida hamkorlikni yolga qo`yish masalalari muhokama qilindi.
10 сентября 2024 г. 8:53 |