Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SAMARQAND SHAHRIDA TUNGI NAZORAT-PROFILAKTIKA TADBIRLAR O‘TKAZILDI

Samarqand shahrida tungi nazorat-profilaktika tadbirlar o‘tkazildi

Kuz-qish mavsumida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, mavsumni betalafot oʻtkazish hamda ob-havoning murakkab sharoitlarida energetika tizimlarining aholiga uzluksiz va sifatli xizmat koʻrsatish borasida tungi oʻrganish ishlari olib borildi. Jarayonda, elektr va gaz taʼminoti agregatlarining xavfsiz ishlashi va elektroenergiya bilan taʼminlanish, ularni uzluksiz va barqaror ishlashi uchun yaratilgan sharoitlar, muqobil yoqilgʻi zahiralari bilan taʼminlanganlik holati hamda xodimlar ish faoliyati koʻzdan kechirildi. Oʻrganish jarayonida soha mutasaddilariga yuzaga kelishi mumkin boʻlgan avariyaviy va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

 
 
2 декабря 2025 г. 9:18 |