SAMARQAND SHAHRIDA PROBATSIYA HISOBIDA TURGAN XOTIN-QIZLARNI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI YUZASIDAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI.
Tadbirda Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Ra’no Toshniyozova ishtirok etdi.
Uchrashuvda 38 nafar nazorat ostidagi xotin-qizlar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning muammolari tinglandi hamda masalalarni hal etish yuzasidan mutasaddi bo‘limlarga tegishli topshiriqlar berildi. Yakunda Samarqand shahar probatsiya xizmati katta inspektori Sh.Mamatov tomonidan nazorat ostidagi shaxslarga qayta jinoyat sodir etmaslik yuzasidan rasmiy ogohlantirish berildi.
25 февраля 2026 г. 19:00 |