SAMARQAND SHAHRIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA OG‘IR TOIFADAGI MAHALLALARDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLASH MAQSADIDA SAMARQAND SHAHAR IIO FMB TOMONIDAN MANZILLI PROFILAKTIK CHORA-TADBIRLAR AMALGA OSHIRILMOQDA.
Xususan, shahar hududidagi 9-son IIBga qarashli Obod Maskan, Qorasuv, Bahodir Yalangtush va Shodiyona mahallalarida xavfsiz muhitni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar doirasida probatsiya nazoratida turgan shaxslar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda M.Urinov – Samarqand shahar IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik ishtirok etgan muloqot davomida nazorat ostidagi shaxslar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, ularga qayta jinoyat sodir etmaslik, qonun talablariga qat’iy rioya qilish hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topish zarurligi yuzasidan rasmiy ogohlantirish berildi.
Ta’kidlanganidek, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, ayniqsa, xavf guruhiga kiruvchi shaxslar bilan tizimli ish olib borish orqali mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi.