SAMARQAND SHAHRIDA 242 MILLION SO‘MLIK TAMAKI MAHSULOTLARINING OLDI-SOTDISIGA CHEK QO‘YILDI.
Aksiz markalari bilan qadoqlanmagan hamda raqamli markirovka kodlariga ega bo‘lmagan tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxonachilar tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik shoʻbasi va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.K. boshqaruvidagi “KIA carnival” rusumli transport vositasidan fuqaro M.S.ga tegishli bo‘lgan umumiy qiymati 242 million so‘mlik jami 22 000 quti tamaki mahsulotlarini fuqaro M.T.ga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli transport vositasiga ortilayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.