Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SAMARQAND SHAHRI AHOLISINI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZISH DAVOM ETMOQDA

Samarqand shahri aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish davom etmoqda

 

Bugun Samarqand shahridagi 10 ta mahallada aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tashkil etildi. 

Xususan, 2-4-6-8-10-son oilaviy poliklinikalari tomonidan Alisher Navoiy, Qarshi yo‘li, Mevazor, Cho‘pon ota, Guliston, Yangiqo‘rg‘on, Zargartepa, Vatanparvar, Darg‘om va Nurafshon mahallalarida o‘tkazilgan ko‘rikda 801 nafar aholi ishtirok etdi. 

Ko‘rikda 269 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlanib, ularga ambulator tavsiyalar berildi va stasionar sharoitda davolanish, jarrohlik amaliyoti bo‘yicha yo‘llanma berildi. Shuningdek, 156 nafar fuqaroga dori-darmon tarqatildi.

Shu bilan birga, 1 nafar fuqaro Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy markazining Samarqand filialiga yuborildi.
 

 
 
22 января 2025 г. 14:13 |