Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SAMARQAND SHAHAR ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH BOSHQARMASI BOSHLIGʻI ABDURASUL SULAYMONOV

Samarqand shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi Abdurasul Sulaymonov

Assalomu alaykum, Aziz Samarqandliklar hamda ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari !

Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, ularning huquq va erkinliklarni kafolatlash, tinchligini ta’minlash yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1 sonli qarorlariga asosan shahrimizdagi kriminogen vaziyat bo‘yicha “profilaktik-ogohlantiruvchi murojaat” yo‘llamoqchiman.
Jumladan, joriy yilning oktyabr oyida 195 ta (sentyabr oyiga nisbatan 39,6 foizga yoki 128 ta kam) jinoyatlar sodir etilgan bo‘lsa, shundan; 98 ta (sentyabr oyiga nisbatan 16,3 foizga yoki 19 ta kam)  oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar hisobiga to‘g‘ri kelgan. 
Mahallada xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan tadbirlar natijasida, shaharning 87 ta mahallasida umuman jinoyatlar sodir etilmagan.

Hurmatli fuqarolar! oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning bir turi bo‘lgan Talonchilik holatiga e’tibor qaratsak, joriy yil 10 oyi davomida 13 ta sodir etilgan bo‘lib, ya’ni Bog‘i-saroy, Siyobcha mahallalarida 2 tadan, Adolat, Oltin-asr, Hilol, Al-xorazmiy, Al-buxoriy, Bekho, Shodlik mahallalarida 1 tadan sodir etilgan bo‘lsa, shundan; 5 tasini Yoshlar, 3 tasini Voyaga yetmaganlar, 2 tasini Ayollar tomonidan sodir etilganligi  bizni tashvishga solmoqda.

 Aziz hamshaharlar! Oilada farzand tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib, ularning bo‘sh vaqtlarida nazorat qilishimiz har bir fuqaro burchi ekanligini unutmasligimiz kerak. 

 Aziz ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari! Yana bir og‘riqli nuqtamiz bo‘lgan bezorilik holatlari, shahrimizning Mustaqillik, H.Olimjon, Beruniy mahallalarida 2 tadan, Nafosat, Qir, Charmgari, Qarshi-yo‘li, Kamolot, Go‘ri Amir, Sayqal, Raxmatobod, Kamoliddin Bekzod, Alisher Navoiy, Panjob, Oqsaroy, Yuksalish, Madadkor, Nurobod, Gullar-bog‘i, Navruz  mahallalarida 1 tadan sodir etilgan.

 Hurmatli fuqarolar, jamoat tartibi va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlarga qarshi jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik bu bezorilik jinoyatlarini keltirib chiqaradi.  Agarda har qanday holatlarni ko‘rsangiz zudlik bilan hududiy profilaktika inspektoriga yoki bo‘lmasa, yaqinga joylashtirilgan “SOS” tugmasini bosib, tezkor harakatlanuvchi guruhni chaqirishni unutmang.
 
 Aziz fuqarolar, har birimiz fuqarolik burchini bajarishda birdam bo‘lishimizni so‘rab qolaman.
E’tiboringiz uchun rahmat!

 
 
14 декабря 2025 г. 11:00 |