SAMARQAND SHAHAR 2-SON SPORT MAKTABINING TAEKVONDO ZALI OCHILDI
Shahar kuni munosabati bilan 2-son sport maktabining taekvondo (WT) sport zali ham foydalanishga topshirildi.
Muassasa direktori Bekzod Po‘latovning ta’kidlashicha, yengil konstruksiyali sport zalining o‘lchami 24x12 metr bo‘lib, "Tashabbusli byudjet" loyihasi asosida yutib olingan 1 milliard 197 million so‘m mablag‘ evaziga qurilgan.
Sport zalining quvvati 120 o‘ringa mo‘ljallangan.
Tadbirlarda Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov ishtirok etmoqda.
18 октября 2025 г. 12:06 |
Yangiliklar
"Yilning Eng Faol Maktabi" Tanloviga Ovoz Berish Davom Etmoqda!i
9 декабря 2025 г.
8-Dekabr – O‘Zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Qabul Qilingan Kun!i
8 декабря 2025 г.