SAMARQANDDA BELARUS DAVLATINING SHHTGA A’ZOLIK ARIZASI KO‘RIB CHIQILADI
Eslatib o‘tamiz: SHHTning navbatdagi sammiti joriy yil 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladi.
Belarus Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi, mamlakatni SHHT a’zoligiga qabul qilish jarayoni Samarqanddagi sammitda boshlanishi mumkin.
Bu haqda bugun, 11 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Moskvaga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.
“Hozirda Belarus ariza topshirgan. Bugun Belarusning ushbu murojaati a’zo davlatlarga yuborildi. Agar umumiy qaror qabul qilinsa va shunday bo‘ladi, deb o‘ylayman, Samarqand sammitida Belarusni SHHTga kiritish tartib-qoidalarini boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi”, degan Norov Moskvadagi davra suhbatida.
12 июля 2022 г. 8:35 |