SAMARQAND SHAHRIDAGI MAXSUS MAKTAB-INTERNAT O‘QUVCHILARI RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASIDA G‘OLIB BO‘LISHDI

Joriy yilning 9-10-iyun kunlari Toshkent shahrida Imkoniyati cheklangan maxsus maktab- o‘quvchilari uchun Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi o‘tkazildi.
Ushbu olimpiadada Samarqand shahridagi 59-sonli maxsus maktab- internatining 11-12-sinf o‘quvchilari 1- va 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Jumladan, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ona tili va adabiyoti fanidan Sherbek Islomov 1-o‘rinni, 12-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan 12-sinf o‘quvchisi Murodjon Polvonov 2-o‘rinni, ona tili va adabiyoti fanidan Rayhona Sharafova 2-o‘rinni egallashdi.
Gʻolib o‘quvchilarning kelgusi o‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
Yangiliklar
15 сентября 2025 г.
15 сентября 2025 г.
13 сентября 2025 г.
13 сентября 2025 г.