Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SAMARQAND SHAHRIDAGI KANAL VA KOLLEKTORLARNING 36 KILOMETRIDA TOZALASH ISHLARI BAJARILDI

Samarqand shahridagi kanal va kollektorlarning 36 kilometrida tozalash ishlari bajarildi

Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi tarkibida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi “Samarqand shahri hududidagi kanallar va kollektor-drenaj tarmoqlarining holatini yaxshilash va atroflarini obodonlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, kanallar va kollektor-drenaj tarmoqlaridan foydalanish bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘lim tashkil etildi.

Samarqand shahrida kanal va kollektorlar 7 ta bo‘lib, ularning jami uzunligi 73,6 kilometrni tashkil etadi. Shundan, uchtasi kanal – Bog‘ishamol (9,5 kilometr), Shaar (11,3 kilometr) hamda Jar (15,9 kilometr). To‘rttasi kollektor-drenaj – Chashma (7,5 kilometr), Siyobcha (6,7 kilometr), Obi Mashhad (5,4 kilometr) va Siyob (17,0 kilometr).

Joriy yilning shu davrigacha kanal va kollektorlarning 36,2 kilometrida tozalash ishlari amalga oshirildi.

Siyobcha kollektori Miroz Ulug‘bek ko‘chasi kesishmasidan Tennis kordigacha bo‘lgan qismi yopiq holda o‘tkazildi. Gʻafur Gʻulom mahallasida 325 metr irrigatsiya lotogi rekonstrusiya qilinib, Andijon ko‘chasi avtoyo‘l qatnovining 120 metrlik qismi va piyodalar yo‘lagini suv bosishining oldi olindi.

Rudakiy ko‘chasi va Maroqand ko‘chasi kesishmasidagi ochiq irrigatsiya lotogining 1300 metr qismi rekonstruksiya qilinib, yopiq holda o‘tkazish ishlari 50 foizga bajarildi.

Ayni paytda shahardagi Chuquryo‘l (Kurchatova) ko‘chasini 200 metr masofada diametri 1600 millimetrlik temir-beton quvur bilan “Siyobcha” kollektorining yopiq yotiq kollektoriga o‘tkazish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanmoqda. Bu esa Chuquryo‘l ko‘chasining 100 metr masofasida sel, yomg‘ir suvlari to‘planishining oldini oladi.

Yaqin kelajakda “Chashma” kollektorining Kulalon ko‘chasi bo‘ylab o‘tgan qismidan o‘tgan 1,0 kilometr qismini yopiq yotiq kollektorga o‘tkazish, shahardagi kanallarning 3,0 kilometr hamda kollektor-drenaj tamog‘ining 1,5 kilometr masofasida qazish, ta’mirlash va tiklash ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

Shokir NAMOZOV,

Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi matbuot kotibi.

 
 
19 мая 2022 г. 13:25 |