PARALIMPIADA G‘OLIBINING XONADONIDA
“Parij-24” paralimpiadasi kumush medali sohibasi, Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi Kubarro Hakimovaning ota-onasiga minnatdorchilik bildirildi.
Tadbirda Samarqand viloyati va shahar hokimligi, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Kubarroning ota-onasiga viloyat hokimining tashakkurnomasi o‘qib eshittirildi.
Kubarro Samarqand shahridagi Lohutiy mahallasida tug‘ilib o‘sgan. U 2014 yildan buyon yengil atletika bilan shug‘ullanib keladi. 2023 yilda Osiyo rekordini o‘rnatgan holda oltin medalni va jahon chimpionligini qo‘lga kiritgan.
Kubarro Parij paralimpiadasida yadroni 10,36 metrga uloqtirib, kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
U joriy o‘quv yilida Chirchiq davlat pedagogika universitetiga grand asosida o‘qishga qabul qilindi.
8 сентября 2024 г. 12:14 |