O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI IJTIMOIY HIMOYA MILLIY AGENTLIGI DIREKTORINING BUYRUG‘IGA ASOSAN YULDASHEV SHERALI MAMARAIMOVICH IJTIMOIY HIMOYA MILLIY AGENTLIGINING SAMARQAND VILOYATI BOSHQARMASI BOSHLIG‘I LAVOZIMIGA TAYINLANDI.

Sh.Yuldashev mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.
Shuningdek, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining buyrug‘i bilan Jabborov Isroil Ismoilovich O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
I.Jabborov mazkur tayinlovga qadar Payariq tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan.
19 августа 2025 г. 11:55 |