HOKIM O‘ZBEKISTON KO‘CHASIDAGI ISHLARNI KO‘ZDAN KECHIRDI
Bir necha yildan buyon e’tibordan chetda qolib kelayotgan O‘zbekiston ko‘chasida obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlari boshlab yuborilgani haqida xabar bergan edik. (https://t.me/samshahar/15307)
Bugun Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov boshchiligidagi bir guruh mas’ul korxona va tashkilot rahbarlari ushbu ko‘chada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Hokim ko‘chada qilinishi kerak bo‘lgan navbatdagi ishlarga to‘xtalib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni obodonlashtirish ishlari davomida tartibga keltirish kerakligini ilgari surdi.
Aytish o‘rinliki, ko‘cha yaqin vaqtlarda shaharning eng zamonaviy ko‘chalaridan biriga aylanadi. Ayni paytda ko‘chaga tungi yoritish moslamalari o‘rnatilib, alohida piyodalar yo‘li tashkil etilmoqda va ko‘chaga asfalt qoplamasi yotqizilayotir. Shuningdek, ko‘cha bo‘ylab joylashgan turar va noturar binolarning tashqi ko‘rinishi o‘ziga xos qiyofaga keltirilyapti.