HOKIM O‘RINBOSARI BRYUSSEL SHAHRIDAN XABAR QILDI
Ayni paytda Samarqand viloyat delegatsiyasi Belgiya davlatining Bryussel shahrida bir qator masalalar bo‘yicha xizmat safarida bo‘lib turipti.
Delegatsiya tarkibida bo‘lib turgan Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari Erkin Rajabovning ta’kidlashicha xizmat safaridagilar joriy yilning 28-29 mart kunlari "Picanol" va "Vandewiele" kompaniyalarida bo‘lgan. Mazkur ikkita yirik tikuvchilik sohasidagi asbob uskuna ishlab chiqaruvchilar dunyoda yetakchi o‘rinlarda ekani haqida xabar qildi hokim o‘rinbosari. Shuningdek, viloyatdan ketgan delegatsiya a’zolari Bryusselning Savdo-sanoat palatasida bo‘lib, ikki tomonlama savdo iktisodiy investision va eksport-import masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan muhokamada ishtirok etgan.
– Tashrif davomida SB Geolog korxonasi bilan Belgiyaning Vandewiele kompaniyasi o‘rtasida shartnoma asosida qiymati 5 million dollarlik zamonaviy baxmal (vilvet) ishlab chiqaradigan asbob-uskuna o‘rnatilishiga erishildi – deydi, E.Rajabov. – Ushbu loyiha evaziga 40 ta yangi ish o‘rni yaratilib, 700 ming KV.m mato ishlab chiqariladi. Shuningdek, Samarkand shahrining investision va eksport salohiyati yuzasidan takdimot o‘tkazilib to‘liq ma’lumot berildi.
O‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va qator masalalar bo‘yicha tashkil etilgan tadbirlar davom etmoqda.