Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

MUNOSABAT: XAS-XАSHAKLARNI YOQQAN FUQARO JARIMAGA TORTILDI

Munosabat: Xas-xаshaklarni yoqqan fuqaro jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida Mahalliy aholini aytishicha shu atrofda yashovchi Ismoil ismli shaxs, qurilishdan chiqayotgan chiqindilarni shu yerda to‘plab yoqib yuborayotganligi to‘g‘risida xabar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida haqiqatda ham Oqsaroy mahallasida yashovchi fuqaro J.I yashash manzili atrofidagi tashlandiq yerda turli xildagi qurilish va maishiy chiqindilarni hamda xas-xаshaklarni to‘plab yoqib yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

Ayni damda mazkur holat yuzasidan fuqaro J.Iga nisbatan MJtKning 88-moddasi 3-qismiga muvofiq bayonnoma rasmiylashtirilib, BXMning 5 barobari miqdorida jarima qo‘llanilganligini ma’lum qilamiz.

 
 
15 сентября 2023 г. 19:08 |