Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

MUNOSABAT: NOMSIZ KOʻCHALARNI NOMLASH UCHUN RESPUBLIKA EKSPERTIZA KOMISSIYASIGA 300 DAN ORTIQ KOʻCHA NOMLARI XULOSA OLISH UCHUN YUBORILGAN

Munosabat: Nomsiz koʻchalarni nomlash uchun respublika ekspertiza komissiyasiga 300 dan ortiq koʻcha nomlari xulosa olish uchun yuborilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekcha “Taqdir hazili” yoki Samarqand shahridagi “adash” ko‘chalar sarlavhali xabar tarqaldi. Xabarda ko‘tarilgan masala Samarqand shahar hokimligi va tegishli tashkilotlar ishtirokida o‘rganib chiqildi.

Mazkur holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz: Samarqand shahrida takror nomli koʻchalar mavjud emas. Ayrim avvalgi koʻcha nomlari yozilgan peshlavhalar yoki pochta aloqa boʻlimi roʻyxatida qolib ketgan eski koʻcha nomlarining natijasida sun’iy ravishda takror koʻcha nomlari chiqayotgan boʻlishi mumkin va bu holatni yana bir atroflicha oʻrganib chiqamiz.

Davlat reyestridagi takror koʻrsatilgan koʻchalar, ya’ni Samarqand koʻchasi faqat xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining 2021-yil 23-avgustdagi VI-36-32-7-107-K/21-sonli qarori bilan “Yoshlik” MFY hududidagi koʻchaga berilgan.Texnik xato tufayli davlat reyestri bazaga takror kiritilgan. Bu holat bartaraf etildi.

O‘zbekiston SSR Oliy Soveti prezidiumining 1979-yil 6-noyabrdagi 584-sonli farmoni bilan koʻchaga nom berish emas shaharga Samarqand nomi berilib, oʻsha vaqtdan buyon rasman Samarqand shahar deb yuritilib kelinmoqda.

Akademik Habib Abdullayev nomi Samarqand viloyati hokimining 28.12.1994 y. 565-q-sonli qarori bilan Abu Ali ibn Sino koʻchasidan Islom Karimov qabrigacha boʻlgan koʻchaga berilgan. Shahar hududida boshqa Akademik Habib Abdullayev nomili koʻcha mavjud emas. Abu Nasr Forobiy nomi Samarqand viloyati hokimining 28.12.1994 y. 565-q-sonli qarori bilan “Mevazor” MFY hududidagi koʻchaga berilgan. Shahar hududida boshqa Abu Nasr Forobiy nomili koʻcha mavjud emas.

Madaniyat nomi Samarqand viloyati hokimining 29.02.2000 y. 72-q-sonli qarori bilan berilgan va shahar hududida bitta. Ozodlik koʻchasining nomi ham Samarqand viloyati hokimining 07.05.1998 y. 95-q-sonli qarori bilan berilgan bitta koʻcha mavjud.

Ali Qushchi nomi Samarqand viloyati hokimining 1994-yil 28-dekabrdagi 565-q-sonli qarori bilan Sug‘diyona massividagi koʻchaga berilgan. Maqolada ko‘rsatilgan So‘zangaron tomonda Ali Qushchi koʻchasi mavjud emas. Abu Ali ibn Sino nomi Samarqand viloyati hokimining 1990-yil 3-dekabrdagi 277-22-q-sonli qarori bilan Rudakiy va Boʻstonsaroy koʻchalarining kesishmasidan Aeroportgacha boʻlgan koʻchaga berilgan. Abu Ali ibn Sino koʻchasining tor, berk koʻchalari bor, lekin takror boshqa hududda Abu Ali ibn Sino mavjud emas.

Xiva ko‘chasining nomi Samarqand viloyati hokimining 1998-yil 7-maydagi 95-q-sonli qarori bilan qoʻyilgan va shaharda bitta, takror emas. Obirahmat nomli koʻcha ham xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining 2014-yil 24-dekabrdagi 181-30-sonli qarori bilan berilgan va shahar hududida bitta. Uning ham tor va berk koʻchalari borligi takrorligini anglatmaydi.

Mohlaroyim Nodirabegim nomi Samarqand viloyati hokimining 1992-yil 10-iyuldagi 89-q-sonli qarori bilan berilgan boʻlib, uning tor koʻchasiga Nodirabegim nomi xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining 2021-yil 23-avgustdagi VI-36-32-7-107-K/21-sonli qarori bilan berilgan.

Beklar koʻchasining nomi va Bekho koʻchasining nomi bir-biridan farq qiladi. Beklar degan nom Sohibqiron Amir Temur davrida oʻsha mahallada joylashgan hududda davlat ishida ishlaydigan, o‘ziga to‘q Beklar yashaganligi sababli beklar nomi qoʻyilgan. Bekho koʻchasining nomi manbalarda keltirilishicha Begoh – ob-havosi toza, so‘lim joy degan maʼnolarni bildiradi. Bekho ko‘chasining nomi ham shundan kelib chiqqan holda qo‘yilgan.

Har bir koʻcha nomlarining oʻziga yarasha tarixi va ma’nolari bor. Maqolada keltirilgan har bir koʻcha nomiga ta’rif beradigan boʻlsak, juda koʻp soʻz yuritishimiz mumkin. Shu sababli bir biriga oʻxshash nomlarning boshqa-boshqa ma’nosi va tarixi borligi sababli “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq hisoblanadi.

Hozirda takror yoki nomsiz koʻchalarni nomlash uchun respublika ekspertiza komissiyasiga 300 dan ortiq koʻcha (Koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha) nomlari xulosa olish uchun yuborilgan.

Google xarita va Yandex xaritada koʻrsatilgan koʻchalarning nomlanishi qanday shakllanishi bizga bogʻliq emas.  Rossiyada eng mashhur internet qidiruv sistemasi hamda eng katta internet-portali. Yandex.ru kompaniyasining sayti 1997-yilning kuzida ochilgan. Yandex xaritani oʻzlari shakllantiradi va oʻzgartiradi. Biz buni tuzatib, oʻzgartira olmaymiz.

Yuqoridagilarni inobatga olib, maqolani tayyorlashda aniq dalillarga asoslanmasdan notoʻgʻri ma’lumotlarni yozmaslikni, O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi 2007-yil 15-yanvaridagi 78-sonli Qonunining 5-moddasiga koʻra tarqatilayotgan axborotning xolisligi va ishonchliligi uchun belgilangan tartibda javobgarlik borligini, shu sababli har bir ma’lumotni chiqarishdan oldin uning aniq dalillarga asoslangan holda chop etilishini so‘raymiz.

Norbek Alkarov,

Samarqand shahar hokimining maslahatchisi.

 
 
8 июля 2023 г. 10:58 |