Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMI RIVOJIGA JIDDIY E’TIBOR QARATILMOQDA

Maktabgacha ta’lim tizimi rivojiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov jadallik bilan ish olib borilayotgan shahardagi 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi. Shahar rahbari muassasada olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Hokim ob’yektni ko‘zdan kechirar ekan, bolajonlar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash, muassasani zamonaviy talablarga javob beradigan, qulay va xavfsiz tarbiya maskaniga aylantirish zarurligiga to‘xtaldi.

Shuningdek, ish jarayonidagi mavjud muammolar o‘rganilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berdi. Shu bilan birga, barcha ishlar belgilangan muddatda va yuqori sifatda bajarilishi muhimligini ta’kidladi.

 
 
21 июня 2025 г. 16:33 |