KUN TARTIBIDAGI ASOSIY MASALALARDAN TASHQARI DAVLATIMIZ RAHBARI ATROF-MUHIT MAVZUSIGA HAM TO‘XTALDI.
Mutasaddi rahbarlar Andijon, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlarida chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha 1,3 milliard dollarlik loyihalarni tezlashtirish bo‘yicha ishlar qanday olib borilayotgani yuzasidan hisobot berdi.
“Yashil makon” umummilliy harakati doirasida hududlarda ishlar qay darajada tashkil etilayotgani tahlil qilindi va tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, vazirlar, hokimlar va tarmoq rahbarlarining mas’uliyatini kuchaytirish, barcha topshiriqlarning so‘zsiz ijrosini ta’minlash, nazorat tizimini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi uchun mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari, hokimlarning hisobotlari, tadbirkorlarning fikrlari tinglandi.
28 ноября 2024 г. 19:04 |