Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

"KORRUPSIYANING HAR QANDAY KO‘RINISHIGA MUROSASIZ BO‘LISH DAVLAT XIZMATCHISINING KUNDALIK HAYOT TARZIGA AYLANISHI SHART"

"Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish davlat xizmatchisining kundalik hayot tarziga aylanishi shart"

Samarqand shahar hokimligida shu shior ostida "Ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi.

Hokimlik xodimlari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, shahar prokuraturasi mas’ullari, nuroniy va Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari mavzu yuzasidan so‘z oldi.

Unda korrupsiyaga qarshi kurashishga ustuvor masala sifatida qarash va unga qarshi ayovsiz kurashish haqida so‘z bordi. So‘ngi yillarda korrupsiyaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlar haqida tushuncha berildi.

Shuningdek, korrupsiyaning jinoyat ekanini va unga nisbatan toqatsiz bo‘lish har birimizning bosh maqsadlarimizdan biri ekanligi ta’kidlandi.

Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, savol-javoblar bo‘ldi va ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.

 
 
26 апреля 2024 г. 17:44 |