KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O’RGANILMOQDA

Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joylarda ko‘p kvartirali uy-joylarni 2025 – 2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganilmoqda.
Xususan, Samarqand shahar "Hayotobod" mahallasi “Al-Xorazmiy” ko‘chasidagi 123, 127 va 129-sonli hamda “Shota Rustaveli” ko‘chasidagi 42A, 42B, 4 va 6-sonli ko‘p kvartirali uy-joylarning fasad qismlari, kirish yo‘laklari, tom qismlarini, yerto‘la qismidagi oqova suv quvurlari va tik quvurlarni ta’mirlash, framuga oynalarini yangilash, energiya tejovchi harakat datchiklarini o‘rnatish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan boshqaruv organlariga tegishli ko‘rsatma va muddatlar belgilab berildi.
Yangiliklar
7 августа 2025 г.
6 августа 2025 г.
6 августа 2025 г.
6 августа 2025 г.
5 августа 2025 г.