KABEL TARMOG‘IDA YUZAGA KELGAN NOSOZLIK BARTARAF ETILMOQDA
Avval Samarqand shahridagi 35 kV yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ining yer osti kabelida nosozlik yuzaga kelganligi haqida xabar bergandik.
Buning natijasida mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanadigan shahardagi 12 ta mahallada va kichik tadbirkorlik subyektlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Ayni damda iste'molchilarga elektr energiyasi ta'minoti yetkazib berish uchun tezkor choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, soha mas'ullari va ishchi-xodimlar tomonidan hozirda ushbu kabel tarmog‘idagi nuqsonni tezkor bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Qisqa muddatda ta'mirlash va tiklash ishlari yakunlanib, iste'molchilarga uzluksiz elektr ta'minoti yetkazib berish qayta tiklanadi.
15 декабря 2024 г. 15:27 |