Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

ISLOHОTLAR MAZMUNI MUHOKAMASIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR

Islohоtlar mazmuni muhokamasiga bag‘ishlangan seminar

Samarqand shahar hokimligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan seminar-trening bo‘lib o'tdi. 

Unda joriy yil 16-iyun kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi mazmun-mohiyati muhokama qilindi.

Treningni Davlat boshqaruv akademiyasi dotsenti, falsafa fanlari doktori Axtam Xolov va Lola Inagamova olib bordi.

Tadbir tuman va shahar hokimi o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari ishtirokida o‘tkazilib, rahbar kadrlar salohiyatini oshirish va ish samaradorligini kuchaytirishga qaratildi.

Seminarda islohotlarning mazmuni, aholi muammolari tahlili va samarali boshqaruv masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi.

 
 
9 июля 2025 г. 18:40 |