ISHNI QONUNIY TASHKIL ETISHGA IMKONIYAT BOR
Samarqand shahrida keyingi paytlarda ayrim "tadbirkorlar" tomonidan o‘zboshimchalik bilan ko‘chma savdo do‘kon va rastalarni ruxsat etilmagan joylarga o‘rnatib olish kuzatilmoqda. Shu turdagi do‘konlarni esa mas’ullar tomonidan olib tashlash ishlari muntazam tashkil etib borilyapti va tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda.
Shu o‘rinda ko‘chma do‘kon o‘rnatib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqarolar va faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlardan bu kabi noqonuniy xatti-harakatlarni qilmasliklarini so‘rab qolamiz. Shuningdek, faoliyatingizni qonuniy davom ettirmoqchi bo‘lsangiz E-auksion.uz platformasi orqali ko‘chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga olishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.
20 апреля 2023 г. 12:22 |