Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

“IPAK YO‘LI 2024” XALQARO IQTISODIY VA SAVDO HAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISH KONFERENSIYASI”

“Ipak yo‘li 2024” xalqaro iqtisodiy va savdo hamkorligini rivojlantirish konferensiyasi”

 

Avval xabar berganimizdik, Xitoy Xalq Respublikasida bo’lib turgan Samarqand shahar hokimining o’rinbosari Erkin Rajabov mazkur konferensiyada  so’zga chiqdi va shaharning investitsion salohiyati, sohalarga so’nggi yillarda xorijiy investitsiyalar  kiritilish ko’rsatkichlari yuzasidan axborot berdi.

SHuningdek, konferensiya ishtirokchilari va Xitoylik yirik kompaniya vakillari investitsiya kiritgan holda yangi qo’shma loyihalar tashkil etish uchun Samarqandga taklif etildi.

Eslatib o'tamiz, SHHTga a'zo davlatlari uchun 2024 yilgi Kambag'allikni qisqartirish bo'yicha bo'lib o'tayotgan o'quv seminarida ishtirok etayotgan Samarqand shahar hokimining mahallalardagi yordamchilari ham Xitoy Xalq Respublikasi Sindao shahrida faoliyat yurutayotgan EXPO MARKAZ va ishlab chiqarish sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi.
 

 
 
23 сентября 2024 г. 8:58 |