IKKI KO‘CHANING BIR QISMIDA TRANSPORT VOSITALARI VAQTINCHA HARAKATLANMAYDI

19 mart kuni Samarqand shahrida Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Shu munosabat bilan tadbir o‘tkaziladigan hududlarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Samarqand shahar hokimining farmoyishi qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 19 mart kuni soat 10:00 dan 14:00 ga qadar Samarqand shahridagi Abdurahmon Jomiy ko‘chasining O‘zbekiston ko‘chasi kesishmasidan Universitet xiyobonigacha bo‘lgan qismida hamda Firdavsiy ko‘chasining Cho‘lpon ko‘chasi kesishmasidan F.Mahmudov ko‘chasi tutashmasi (Firdavsiy bog‘i hududi) gacha bo‘lgan qismida avtotransport vositalarining harakati cheklanadi.
19 марта 2024 г. 8:00 |
Yangiliklar
Samarqandliklar Va Shahrimiz Mehmonlari!i
15 сентября 2025 г.
Samarqandlik O‘Qituvchilarga Mukofotlar Topshirildii
15 сентября 2025 г.
Shaharda Yoshlar Bilan Ishlash Masalalari Muhokama Qilindii
13 сентября 2025 г.
Bulung‘Urda "Pomidor Sayli" O‘Tkazildii
13 сентября 2025 г.