Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

HOKIM YOSH QUTQARUVCHILAR BILAN MULOQOT QILYAPTI

Hokim yosh qutqaruvchilar bilan muloqot qilyapti

Ayni paytda Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov Favqulodda vaziyatlar shahar bo‘limida xizmat qilib kelayotgan yosh qutqaruvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.

Unda hokim yosh harbiy xizmatchilarning taklif va muammolarini tinglab, ularning xizmat sharoiti, ehtiyoj va orzu-maqsadlari bilan yaqindan tanishdi.

Yigitlarning Vatanga bo‘lgan sadoqati, mas’uliyatli xizmatga tayyorgarligi, favqulodda holatlarda faol va tezkor harakat qilish qobiliyatlari alohida e’tirof etildi. Shuningdek, yosh xizmatchilarning salohiyatini yuksaltirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va davlat hamda jamiyat xavfsizligida tutgan o‘rnini mustahkamlashga to‘xtalindi. 

 
 
25 июля 2025 г. 9:52 |