HOKIM KUBOGI UCHUN BELLASHUVLAR DAVOM ETYAPTI

4–13-sentabr kunlari yurtimiz mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlab Hokim kubogi sport musobaqalari o‘tkazilayotgani haqida xabar bergandik.
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida tashkil etilgan bellashuvlarda o‘smirlar va yoshlar sportning suzish, sambo, armrestling, parayengilatletika, parapauerlifting, dzyudo,boks hamda muay-tay turlari bo‘yicha ishtirok etishmoqda.
Musobaqalarning dastlabki kunida parapauerlifting yo‘nalishida yigitlar 49,54,59,65,72,80 va 80+ vazn toifalarida, qizlar esa mutlaq vazn toifasida kuch sinashdi. Umumiy hisobda 2008–2016-yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.
Shu kunga qadar parapauerlifting, suzish,sambo va muay-tay bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarga hokimlik tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Armrestling bo‘yicha musobaqalar hozirda davom etmoqda. Bellashuvlar 13-sentabr kuni dzyudo musobaqasi bilan yakunlanadi.
Yangiliklar
15 сентября 2025 г.
15 сентября 2025 г.
13 сентября 2025 г.
13 сентября 2025 г.