Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

“GENDER TENGLIK FAOLI” MILLIY TANLOVI SAMARQAND SHAHRIDA

“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi Samarqand shahrida

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 16-apreldagi KQ-156-V-sonli qaroriga muvofiq, mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va bu boradagi ilg‘or tashabbuslarni keng targ‘ib qilish maqsadida Samarqand shahar hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlov "Gender tenglikni ta’minlashda eng faol shahar tashkiloti", "Gender tenglikni ta’minlashda eng faol nodavlat notijorat tashkiloti" hamda "Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tadbirkorlik subyekti" va "Gender tenglikni ta’minlashda eng faol ommaviy axborot vositasi" 
nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi. 

📞 Murojaat uchun: +998 95 939 85 55
 

 
 
13 августа 2025 г. 13:52 |