Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

DAVLAT XIZMATCHISI YANGI CHIQAYOTGAN QONUNLARNI YODLAB OLISHI KERAK

Davlat xizmatchisi yangi chiqayotgan qonunlarni yodlab olishi kerak

Samarqand shahar hokimligida hokimlik xodimlari mas’ul tashkilot rahbarlari, mahalla raislari ishtirokida bo‘lib o‘tgan siyosiy-ma’rifat soati shunday boshlandi.

Haftaning har juma kuni o‘tkazib kelinayotgan tadbirda bu gal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi tegishli qarori hamda 2023 yil 21 dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi tegishli farmonining mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi.

O‘quv soatida viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mahalla institutini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Yusufbek Salimov axborot berdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

 
 
19 января 2024 г. 10:55 |